Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirziyoyev Vengriya Milliy majlisi spikeri bilan uchrashuv o‘tkazdi

Mirziyoyev Vengriya Milliy majlisi spikeri bilan uchrashuv o‘tkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-may kuni Budapesht shahriga rasmiy tashrif doirasida Vengriya Milliy majlisi spikeri Laslo Kyover bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston-Vengriya strategik sheriklik munosabatlarini, shu jumladan parlamentlararo yo‘nalishda yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ikki mamlakat parlamentlari delegatsiyalarining o‘zaro tashriflari va uchrashuvlari faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yil aprel oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasida Milliy majlis spikeri o‘rinbosari Yanosh Latorsai ishtirok etdi. Yil yakuniga qadar Vengriya parlamenti spikeri o‘rinbosari va Iqtisodiyot qo‘mitasi rahbarining O‘zbekistonga, mamlakatimiz parlament delegatsiyasining Budapesht shahriga tashrifi amalga oshiriladi.

Imzolangan bitimlarni amalga oshirishga ko‘maklashish, do‘stlik guruhlari ishini faollashtirish, eng avvalo, hududlarni rivojlantirish, ijtimoiy himoya, soliq va raqamlashtirish sohalarida qonun ijodkorligi bo‘yicha tajriba almashish uchun tegishli qo‘mitalar o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring