O‘zbek kurashchilari Turkiyadagi zilzila o‘chog‘idan olib chiqildi

Turkiyadagi zilzila o‘chog‘idan o‘zbek sportchilari olib chiqildi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Turkiyaning Qahramonmarash shahridagi xalqaro musobaqada ishtirok etgan sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi ko‘magida Anqara shahriga olib kelingan.
Hozirda barcha sportchilarning salomatligi yaxshiligi, rejaga muvofiq, Istanbul orqali Toshkentga uchishi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 6-fevral kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Turkiyada yig‘in o‘tkazayotgan turli yoshdagi O‘zbekiston terma jamoalari bilan doimiy muloqotda bo‘lib turishganini va zilzila oqibatida futbolchilarga zarar yetmaganligini ma’lum qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter