Qashqadaryoda o‘rmon xo‘jaligi xodimlariga prokuratura ish ochdi
Qashqadaryo viloyati Muborak tumani o‘rmon xo‘jaligi moddiy javobgar shaxslari tomonidan o‘ziga ishonib topshirilgan mol-mulklarni o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilingani aniqlandi.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Muborak tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
«Tergov yakuni bo‘yicha axborot beriladi. Tergovning borishi viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan», – deyiladi rasmiy xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter