Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda o‘rmon xo‘jaligi xodimlariga prokuratura ish ochdi

Qashqadaryoda o‘rmon xo‘jaligi xodimlariga prokuratura ish ochdi

Qashqadaryo viloyati Muborak tumani o‘rmon xo‘jaligi moddiy javobgar shaxslari tomonidan o‘ziga ishonib topshirilgan mol-mulklarni o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilingani aniqlandi.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Muborak tumani prokuraturasi tomonidan  Jinoyat kodeksining 167-moddasi  bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

«Tergov yakuni bo‘yicha axborot beriladi. Tergovning borishi viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan», – deyiladi rasmiy xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring