Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda maktab o‘quvchisi «samosud»ga uchradi: sochi olinib, qoshlari kuydirilgan

Samarqandda maktab o‘quvchisi «samosud»ga uchradi: sochi olinib, qoshlari kuydirilgan

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi maktab o‘quvchisi 30 yoshli erkak tomonidan «samosud» qilingani aytilgan videotasvir tarqaldi.

Unda aytilishicha, bola o‘z sinfida o‘qiydigan qiz bilan hazillashgani uchun qizning akasi kelib, o‘quvchini maktabdan olib chiqqan va sochini olib, qoshini kuydirgan.

Viloyat IIB mazkur holat yuzasidan Pastdarg‘om tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

«Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda», – deyiladi viloyat IIB xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring