Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Mehnat kodeksi loyihasiga to‘xtaldi

Shavkat Mirziyoyev Mehnat kodeksi loyihasiga to‘xtaldi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yig‘ilishda Prezident topshirig‘iga asosan ikki yil davomida puxta ishlanib, yangidan ishlab chiqilgan Mehnat kodeksi loyihasiga to‘xtalib o‘tildi.

Bugungi kunda mehnat resurslari qariyb 19 million kishiga yetdi, korxonalar soni esa so‘nggi uch yilda 2 baravar oshdi.

Amaldagi Mehnat kodeksi 1995-yilda qabul qilingan bo‘lib, o‘shanda xususiy sektor ulushi atigi 21 foiz bo‘lgan, hozir 83 foizdan oshgani qayd etildi.

Shu bois, yangi kodeksda tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda, aholi bandligini oshirish bo‘yicha ko‘plab qulay sharoitlar ko‘zda tutilmoqda.

Davlatimiz rahbari bu muhim kodeksni qabul qilishdan avval uning ijrosini samarali tashkil qilish asosiy masala ekani ta’kidlandi.

Bo‘layotgan yangiliklarni aholiga, hamma vazirlarga, hokimlarga, 600 mingga yaqin korxona rahbarlariga yetkazish, tushuntirish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Yig‘ilish yakunida hudud va tarmoqlar rahbarlarining axboroti tinglandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring