Ishsizlik nafaqasini tayinlash bo‘yicha ham elektron davlat xizmati ko‘rsatiladi – loyiha
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining shaxslarni ishsiz deb e’tirof etish va ularga ishsizlik nafaqasini tayinlash bo‘yicha elektron davlat xizmati reglamentini tasdiqlashga doir buyrug‘i loyihasi e’lon qilindi.
Mazkur elektron davlat xizmati reglamenti jismoniy shaxslarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali shaxslarni ishsiz deb e’tirof etish va ularga ishsizlik nafaqasini tayinlash bo‘yicha elektron davlat xizmati ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Hujjat loyihasiga ko‘ra, shaxslarni ishsiz deb e’tirof etish va ularga ishsizlik nafaqasini tayinlash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish «Bandlik xizmati» axborot tizimi bazasida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali joriy etiladi.
Ushbu yangilik ortidan aholiga raqamli xizmatlardan foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratish yo‘nalishida raqamli xizmat va servislar salmog‘ining oshishi kutilmoqda.
Tizimni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 2023-yil oktyabr oyi yakuniga qadar joriy etish rejalashtirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter