Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus bilan kasallangan odam tuzalib chiqqach, necha kundan keyin yuvinishi mumkin?

Koronavirus bilan kasallangan odam tuzalib chiqqach, necha kundan keyin yuvinishi mumkin?

Illyustrativ foto

CCV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nargiza Nurullayeva ushbu savolga quyidagicha javob berdi.

— Kelib chiqish sabablari turlicha bo‘lgan pnevmoniyalardan keyin tiklanish davri bir muncha uzoq muddat talab qiladi. Tiklanish davri muddati har bir bemorda turlicha bo‘lib, bu bemorning yoshiga, organizmining umumiy holatiga va yondosh surunkali kasalliklar mavjudligiga bog‘liq. Statsionar davodan so‘ng bir necha kun uy sharoitiga ko‘nikish va undan so‘ng yuvinish mumkin bo‘ladi.

Hozirgi kunda bemorlarga dezinfeksiyalovchi salfetkalar yoki issiq suvda namlangan sochiq bilan artinish tavsiya beriladi. Bu holatda xonada oynalar yopilgan bo‘lishi zarur, ya’ni yelvizak bo‘lmasligi lozim, — deb maslahat beradi mutaxassis.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring