Olimlar ozish haqidagi eng mashhur fikrlardan birini rad etishdi
Arizona universiteti (AQSh) olimlari tez so‘riladigan uglevodlarni iste’mol qilish va ortiqcha vazn to‘plash o‘rtasidagi bog‘liqlikni inkor etishdi. Tadqiqotlar Advances in Nutrition jurnalida chop etilgan.
Mualliflarning fikriga ko‘ra, glikemik indeksi yuqori bo‘lgan mahsulotlar (tez uglevod) odam vazniga ta’sir qilmaydi. Tez uglevodlarga xurmo, oq non, guruch, asal, kartoshka; sekin uglevodlarga esa qizil loviya, sabzavot va yovvoyi guruch kiradi.
Mutaxassislar statistikani tahlil qilib, ikki millionga yaqin odamning tana massasi indeksini o‘rganib chiqishdi. Aniqlanishicha, glikemik indeksi yuqori moddalarni iste’mol qiluvchi odamlar ortiqcha vaznga moyil bo‘lishmaydi. Aksincha, to‘g‘ri nisbatda ishlatilganda tez uglevodlar sog‘lom vaznni saqlashga va turli kasalliklar xavfini kamaytirishga yordam beradi.
«Tez uglevodli oq nondan tortib yormalargacha bo‘lgan har xil turdagi uglevodlarni me’yorda iste’mol qilish sog‘liq uchun foydali», — deya ta’kidlashmoqda mutaxassislar.
Tadqiqotchilar uglevodlarga boy balanslangan diyetani, ayniqsa, butun donni iste’mol qilishni tavsiya etishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter