10-iyuldan subsidiya uchun arizalar qabul qilish boshlanadi

10-iyuldan boshlab ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun arizalar qabul qilinadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Arizalarni Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz orqali topshirish mumkin.
Talablar:
- Kamida 30 ball (ijtimoiy mezonlar asosida);
- O‘rtacha daromad (oyiga) hududlarda: 3 118 500 – 9 240 000 so‘m; Toshkentda: 3 118 500 – 10 626 000 so‘m.
Ariza beruvchi va turmush o‘rtog‘i nomida uy-joy bo‘lmasligi lozim.
Ijtimoiy himoyaga muhtojlar uchun alohida mezonlar mavjud.
Eslatma: Subsidiya olish uchun ariza beruvchining ijtimoiy mezonlar asosida kamida 30 ball to‘plagan bo‘lishi lozim.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter