13-noyabr — Butunjahon ko‘zi ojizlar huquqlarini himoya qilish kuni
O‘zbekistonda 2025-yil 1-noyabr holatiga respublika bo‘yicha jami ko‘zi ojiz bo‘lgan shaxslar soni 25 558 nafarni tashkil qiladi.
Ularning 3 171 nafari 17 ta maxsus maktablarda tahsil olmoqda.
2025-yilning o‘tgan 10 oyi davomida ko‘z bo‘yicha jami 7 756 nafar muhtoj shaxslar quyidagi reabilitatsiya vosilalari bilan imtiyozli ta’minlangan:
- ko‘z olmasi protezi (115 ta);
- ko‘zi ojizlar xassasi (4 835 ta);
- brayl alifbosi (101 ta);
- brayl alifbosi uchun yozuv moslamasi (111 ta);
- ovozli tonometr (3 588 ta);
- ovozli termometr (3 243 ta);
- ovozli glyukometr (162 ta).
Shuningdek, ko‘z bo‘yicha nogironligi bo‘lgan 13472 nafar fuqaro adaptiv sportning shaxmat, shashka, golbol, 5x5 futbol va boshqa sport turlari bilan shug‘ullanib kelishmoqda.
Bundan tashqari, 340 ta ijtimoiy, aholiga xizmat ko‘rsatish va tijorat obektlarida to‘siqsiz muhit yaratilib, taktil qoplamalar o‘rnatildi.
Barcha hududlarda 18 ta gavjum chorraxalarda hamda qo‘shimcha 753 ta svetoforlar ovozli signal qurilmalari bilan jihozlandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter