+173. Beshta hududda yangi kasallanishlar aniqlandi

2020-yil 15-iyul soat 17:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 14466 (+173) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 56 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 60 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi hamda tana harorati ko‘tarilganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 21 nafari Namangan viloyatida (shundan 16 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 5 nafari aholi orasida), 19 nafari Andijon viloyatida, 12 nafari Qashqadaryo viloyati hamda 5 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bugun Qashqadaryo viloyatida 8 nafar, Jizzax viloyatida 4 nafar, Farg‘ona viloyatida ham 4 nafar, jami 16 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib yurtimizda 8343 (+16) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (57 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 6054 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter