Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

18-maydan bir qator xizmatlarga ruxsat beriladi

18-maydan bir qator xizmatlarga ruxsat beriladi

Foto: Xabar.uz

Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 14-maydagi qarori bilan amaldagi karantin talablari 2020-yil 1-iyunga qadar uzaytirilgani haqida xabar berilgandi.

Unga ko‘ra, «qizil», «sariq» va «yashil» hududlarning yangi talablari belgilandi.

Shuningdek 2020-yil 18-may kunidan boshlab quyidagilarga RUXSAT BERILADI:

  • Toshkent shahridan Nukus, Urganch, Termiz shaharlariga aviaqatnovlarni (borish va qaytish) tiklash;
  • Toshkent shahridan Navoiy, Buxoro, Qarshi shaharlariga «Afrosiyob» tezyurar poyezdi hamda Farg‘ona vodiysiga temir yo‘l qatnovini (borish va qaytish) qayta yo‘lga qo‘yish.

Shu bilan birga avia va temir yo‘l qatnovlarini tashkil etishda barcha karantin qoidalariga amal qilish, shu jumladan, yo‘lovchilar sonini kamaytirish, dezinfeksiya qilish va boshqa sanitariya talablari so‘zsiz bajarilishi talab etiladi.

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan Karantin davrida mahalliy yo‘nalishlarda avia va temir yo‘l qatnovlarini yo‘lga qo‘yishning Vaqtinchalik tartibi tasdiqlandi.

Mazkur Vaqtinchalik tartib talablarini buzish epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, shaxsiy avtomobillarning harakati bo‘yicha cheklovlarni 2020 yil 18 maydan boshlab bosqichma-bosqich BEKOR QILISh yuzasidan quyidagi tartib joriy etilmoqda:

  • «yashil» toifadagi hududlarda ➖ Respublika maxsus komissiyasi yig‘ilishining 2020 yil 6 maydagi 21-son bayoni bilan avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishiga ruxsat berilgan;
  • «sariq» toifadagi hududlarda ➖ soat 06.00dan – 22.00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishiga ruxsat berilsin. Bunda avtotransport vositalarining salonida 4 kishidan ortiq bo‘lmasligi lozim;
  • «qizil» toifadagi hududlarda ➖ avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishiga faqatgina kunning muayyan vaqtida (07.00 dan – 10.00 gacha, 17.00 dan – 20.00 gacha) fuqarolarning ish joyiga borib-kelishi, tibbiy buyumlar, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish uchun harakatlanishiga ruxsat beriladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring