Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2-oktyabr kuni yurtimizda 3 nafar bemor koronavirusdan vafot etdi

2-oktyabr kuni yurtimizda 3 nafar bemor koronavirusdan vafot etdi

Foto: «The-sun.com»

2020-yil 2-oktyabr kuni mamlakatimizda 486 holatda kasallik qayd etildi.

Shu bilan birga, bugun 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 475 nafarga yetdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Buxoro, Samarqand, Andijon, Jizzax, Surxondaryo hamda Qashqadaryo viloyatlarida 501 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 57 776 nafar bemordan 54 456 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 845 nafar bemordan 573 nafari og‘ir, 252 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring