Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2024-yil Yer tarixidagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin

2024-yil Yer tarixidagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin

Foto: Econs.Online

«Tabiat va odamlar» jamg‘armasining iqlim bo‘yicha eksperti Aleksey Kokorinning aytishicha, 2024-yil oldingi rekordlarni yangilab, Yer uchun meteokuzatuvlar tarixidagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin.

Mutaxassis buni inson faoliyati tufayli atmosferada ortiqcha issiqlik hosil bo‘lishi hamda 2023-yilning may-iyun oylaridan harakatga tushgan El-Nino tabiat hodisasi bilan izohladi.

Ayni paytga kelib, meteokuzatuvlar tarixidagi eng issiq yil 2023-yil hisoblanadi. O‘sha yili El-Nino ta’siri yetti oydan ko‘proq sezilgandi, dedi Kokorin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring