Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2030-yilgacha aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi tasdiqlandi

2030-yilgacha aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi tasdiqlandi

Illyustrativ foto

«2030 yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2030 yilda quyidagi ko‘rsatkichlarga erishish belgilandi, jumladan:

  • 3,3 mln nafar maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida ekologik madaniyatning shakllanishi;
  • 4,2 mln nafar umumiy o‘rta ta’lim tizimi tashkilotlari o‘quvchilarida ekologik ta’lim-tarbiyaning mustahkamlanishi, ekologik madaniyatning yuksalishi.

Qaror bilan 2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi tasdiqlandi.

Konsepsiya 2027-yildan boshlab Vazirlar Mahkamasi tomonidan har 2 yil muddatga tasdiqlanadigan alohida «yo‘l xaritasi» asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining ekologik bilimini oshirishga qaratilgan bepul o‘quv kurslari tashkil etiladi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish sohasida muvofiqlashtiruvchi davlat organi etib belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring