Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

26-may kuni qancha bemor qayd etilgani aytildi, bir bemor vafot etgan

26-may kuni qancha bemor qayd etilgani aytildi, bir bemor vafot etgan

Foto:«Xabar.uz»

2021-yil 26-may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 99344 (+280) nafarni tashkil etmoqda. Ta’kidlash joizki, bu oxirgi kunlardagi yuqori ko‘rsatkich. So‘nggi marta 22-may kuni 287 kishi koronavirusga chalingan. 

Yangi kasallanish holatlarining:
8 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
4 nafari Andijon viloyatida,
1 nafari Buxoro viloyatida,
5 nafari Jizzax viloyatida,
8 nafari Qashqadaryo viloyatida,
3 nafari Navoiy viloyatida,
6 nafari Namangan viloyatida,
46 nafari Samarqand viloyatida,
7 nafari Sirdaryo viloyatida,
1 nafari Surxondaryo viloyatida,
13 nafari Farg‘ona viloyatida,
9 nafari Xorazm viloyatida,
59 nafari Toshkent viloyatida,
110 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 685 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3707 nafar bemor davolanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring