Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

3-sentyabr kuni koronavirus qayd etilganlar minimumga yaqinlashdi

3-sentyabr kuni koronavirus qayd etilganlar minimumga yaqinlashdi

Shu yilning 3-sentyabr kuni mamlakatimizda 257 holatda kasallik qayd etildi.

Shuni ta’kidlash joizki, bugungi holat ikki oydan ziyodroq vaqt avvalgi, ya’ni 27-iyun kuni koronavirus qayd etilgan 255 nafarlik minimumga yaqinlashdi.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 3, Toshkent viloyatida 2 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Sirdaryo, Xorazm, Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona hamda Qashqadaryo viloyatlarida jami 293 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 42 797 nafar bemordan 40 176 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 287 nafar bemordan 351 nafari og‘ir, 181 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring