Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

30 taga yaqin davlat ulushi bo‘lgan yirik korxonalar sotuvga qo‘yiladi

30 taga yaqin davlat ulushi bo‘lgan yirik korxonalar sotuvga qo‘yiladi

Professional konsultantlarni jalb qilgan holda 29 ta davlat ishtirokidagi yirik korxonalarning aksiyalari xalqaro va mahalliy bozorlarda ommaviy savdolarga chiqariladi.

Bu haqda Prezident tegishli qaror qabul qilgan.

Qayd etilishicha, ushbu qaror davlat ishtirokidagi yirik korxonalar va tijorat banklari faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, ularni xususiylashtirish orqali xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish maqsadida qabul qilingan.

Ommaviy savdoga chiqariladigan korxonalar quyidagilar (foiz ulushda):

  •  «Universal Mobile Systems» MChJ – 100 foiz;
  • «UzAuto Motors» AJ – 99,7 foiz;
  • «UzAuto Motors Powertrain» AJ – 100 foiz;
  • «O‘zbekinvest EISK» AJ – 75,24 foiz;
  • «O‘zagrosug‘urta» AJ – 99,35 foiz;
  • «Uzbekistan GTL» MChJ – 100 foiz;
  • «O‘zbekgidroenergoqurilish» AJ – 96,7 foiz;
  • «Transgazmaxsusqurilish» AJ – 77,6 foiz;
  • «Maxsusenergogaz» AJ – 41 foiz;
  • To‘raqo‘rg‘on, Yangiangren, Angren, Sirdaryo, Toshkent, Navoiy, Taxiatosh, Muborak va Farg‘ona IESlari – 100 foiz;
  • «Texnopark» MChJ – 100 foiz;
  • «Uzbek Leasing International» AJ – 45,5 foiz;
  • «O‘zagrolizing» AK – 97,5 foiz;
  • «Toshkent traktor zavodi» MChJ – 100 foiz;
  • «Sherobod sement zavodi» MChJ – 100 foiz;
  • «Yo‘lqurilish» AJ – 100 foiz;
  • «O‘zsuvqurilish» AJ – 100 foiz;
  • «Sharg‘unko‘mir» AJ – 99,93 foiz;
  • «O‘zmetkombinat» AJ – 91 foiz;
  • «Navoiyazot» AJ – 75 foiz.

Shuningdek, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2025 yil 1 dekabrga qadar 2030 yilgacha davlat korxonalarini isloh qilish va xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqadi. Bu jarayonga xalqaro moliya tashkilotlari ekspertlari ham jalb etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring