Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

+36. Barchasi Toshkent shahrida aholi orasida aniqlandi!

+36. Barchasi Toshkent shahrida aholi orasida aniqlandi!

2020-yil 8-iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4440 (+36) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining barchasi Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan. Hozirda ushbu holatlar bo‘yicha epidemiologik surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Ayni paytda yurtimizda 3357 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (76 foizi) sog‘aydi.

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 1065 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo muolajalari ko‘rsatilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring