Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

4 kunda dunyoda koronavirusga chalinganlar soni yana bir million kishiga ko‘paydi

4 kunda dunyoda koronavirusga chalinganlar soni yana bir million kishiga ko‘paydi

Foto: «Gordonua.com»

Yangi tipdagi koronavirusni yuqtirganlar soni dunyo bo‘yicha 26 million kishidan oshdi. Bu haqda jahon bo‘yicha koronavirus tarqalishini o‘z manbalariga tayangan holda hisob-kitob qilib borayotgan Jons Xopkins universiteti ma’lum qildi.

Universitet xabariga ko‘ra (2020-yil 3-sentyabr soat 11:00 t.v.), koronavirusga chalinganlar soni 26 033 729 kishiga yetdi. 863 057 kishi COVID-19 tufayli vafot etdi. Shu vaqtga qadar 17 293 828 kishi tuzalgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deya e’lon qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring