Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

400 nafarga yaqin nohaq hukm qilinganlar oqlandi

400 nafarga yaqin nohaq hukm qilinganlar oqlandi

Foto: «Xabar.uz»

2017-yilning 12 oyida va 2018-yilning 4 oyida jami 379 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan reabilitatsiya asoslari bilan tugatilgan va aybsiz fuqarolar oqlangan (2007-2016 yillarda 22 nafar shaxs oqlangan).

Shundan, 15 nafar fuqaro prokuratura organlarining protestlariga asosan aybsiz deb topilib, oqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.

Jumladan, Yashnobod tuman sudining 2016-yil 25-oktabrdagi hukmiga ko‘ra, Toshkent shahar Bojxona boshqarmasi yuklarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish guruhi inspektori X.Yuldashev JKning 182-moddasi 2-qismi «g» bandi (boj stavkalariga ta’sir qiladigan tovarlarga tashqi iqtisodiy faoliyat nomenklaturasi kodlarini noto‘g‘ri kiritish) bilan aybdor deb topilgan.

Bosh prokuratura tomonidan ushbu jinoyat ishi o‘rganilib, tovarlarga tashqi iqtisodiy faoliyat nomenklaturasi kodlarini kiritish X.Yuldashevning vakolat doirasiga kirmasligi sababli jinoyat ishini JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan tugatish haqida keltirilgan protesti asosida Oliy sud tomonidan X.Yuldashev aybsiz deb topilib, oqlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring