5 oylik kelinchakni zo‘rlashda gumon qilinayotganlarning shaxsiga aniqlik kiritildi
Andijon viloyatida 5 oylik kelinchak 5 nafar erkak tomonidan zo‘rlangani haqida xabar bergandik.
Kun.uz prokuraturaga tayanib mazkur jinoyatni sodir etishda quyidagi shaxslar gumon qilinayotganini ma’lum qilgan:
M.O. 1990-yil 15-iyunda Andijon tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta. Oilali, 2 nafar farzandi bor, xaydovchi, muqaddam sudlanmagan, Andijon tumani Qoraqalpoq mahallasi Zarmarjon ko‘chasida yashaydi;
S.A. 1992-yil 2-iyunda Andijon tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta-maxsus. Oilali, 2 nafar farzandi bor, mavsumiy ishchi, muqaddam sudlanmagan, Andijon tumani Bobog‘ozi mahallasi Omadyor ko‘chasida yashaydi;
M.A. 1984-yil 3-yanvar kuni Andijon tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta. Oilali, 3 nafar farzandi bor, xaydovchi, muqaddam sudlanmagan, Andijon tumani Aylanpa MFY Aylanpa ko‘chasi 96-uyda yashaydi;
J.M. 1979-yil 7-dekabr kuni Andijon shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta. Oilali, 2 nafar farzandi bor, xaydovchi, muqaddam sudlanmagan, Andijon tumani Bobog‘ozi MFY Tor ko‘chasi 13-uyda yashaydi;
J.X. 1985-yil 13-avgust kuni Andijon shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta. Oilali, 4 nafar farzandi bor, xaydovchi, muqaddam sudlanmagan, Andijon tumani Aylanpa MFY Aylanpa ko‘chasi 48-uyda yashaydi;
A.B. 1990-yil 27-sentyabr kuni Andijon shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta. Oilali, 2 nafar farzandi bor, xaydovchi, muqaddam sudlanmagan, Andijon tumani Qoraqolpoq MFY O‘tmishobod ko‘chasi 78-uyda yashaydi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 118-moddasi (Nomusga tegish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter