Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

99,9% samarali. Olimlar koronavirusdan himoya qiluvchi yangi vositani ma’lum qilishdi

99,9% samarali. Olimlar koronavirusdan himoya qiluvchi yangi vositani ma’lum qilishdi

Foto: «Depositphotos»

Og‘iz bo‘shlig‘i uchun chayuvchi vositadan foydalanish koronavirus pandemiyasi davrida qo‘l yuvish, ijtimoiy masofa saqlash, niqob taqish, qo‘lqop kiyish kabi kundalik himoya choralarini to‘ldirishi mumkin.

Bunday xulosaga xalqaro «Microbac Laboratories» laboratoriyasi tadqiqotchilari kelishgan.

Xabarlarga ko‘ra, tadqiqotchilar tarkibida CPC (Cetylpyridinium Chloride — setilpiridinium xlorid) konsentratsiyasi 0,07% bo‘lgan og‘iz bo‘shlig‘ini chayuvchi vositani aniqlashdi. U koronavirus shtammi faolligini 99,9%ga bostiradi.

«Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, tarkibida CPC konsentratsiyasi 0,07% bo‘lgan chayuvchi vosita SARS-CoV-2 virusi shtammi faolligini atigi 30 soniyada, ya’ni chayish uchun tavsiya etilgan vaqtdan so‘ng 99,9%ga bostiradi», — deya xabar berishdi Angliya-Niderlandiyaning «Unilever» kompaniyasi.

Ta’kidlanishicha, chayuvchi vosita virusning odamdan odamga yuqishini to‘liq to‘xtatishga kafolat bermaydi.

Setilpiridinium xlorid (CPC) — og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasida tish karashi va kariyesning oldini olishda samarasi tasdiqlangan mikroblarga qarshi tarkibiy qism.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring