Abdulla Qodiriy ko‘chasidagi tunnelda harakat cheklanadi — hokimlik
![Abdulla Qodiriy ko‘chasidagi tunnelda harakat cheklanadi — hokimlik](http://static.xabar.uz/crop/3/6/720_460_95_3669928818.jpg)
Toshkent shahrining Abdulla Qodiriy ko‘chasida joylashgan tunnelda ta’mirlash ishlari olib borilishi sabab harakat vaqtincha cheklanadi.
Bu haqda shahar hokimligi xabar qildi.
11-fevraldan boshlab bir oy davomida Abdulla Qodiriy ko‘chasidan o‘tgan tunnelda rekonstruksiya ishlari olib boriladi.
Rekonstruksiya davomida tunnelning 2 tomonidagi 3 ta yo‘nalishning faqat bittadan yo‘nalishi navbatma-navbat avtomobillar harakatlanishi uchun yopiladi. Haydovchilar qolgan 2 ta yo‘nalishda harakatlanishi mumkin bo‘ladi.
«Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz», — deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter