Abdusalom Azizov terma jamoa a’zolari bilan uchrashdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 8 fevral kuni o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazish uchun BAAga jo‘nab ketadi.
Yig‘in davomida 3 ta nazorat o‘yini o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu yig‘in JCh-2022 saralash bahslari davom ettirilishi oldidan MTJ tarkibiga nomzod futbolchilar uchun o‘ziga xos sinov vazifasini o‘tab beradi.
Bugun O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi hamda futbolchilar bilan uchrashdi.
Futbolimiz rahbari milliy terma jamoamiz oldida turgan musobaqalarning mas’uliyati, nomzodlarning asosiy tarkibga loyiqligini isbotlashi qanchalik zarurligi, har bir o‘yinga sidqidildan tayyorlanish lozimligi haqida fikr bildirdi.
Shuningdek, bosh murabbiy Vadim Abramov terma jamoaning tayyorgarlik rejasi bilan tanishtirdi. Rahbariyat bu reja bo‘yicha o‘z talab va takliflarini bildirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter