Afg‘oniston hukumati javob qaytardi. Tolibonning nufuzli a’zosi yo‘q qilindi

Afg‘oniston harbiylari Tolibon harakatining nufuzli a’zolaridan birini yo‘q qildi. Bu haqda Afg‘oniston mudofaa vazirligi matbuot markazi boshlig‘ining o‘rinbosari Favad Omonga tayanib xabar berilmoqda.
Ta’kidlanishicha, hukumat kuchlari kecha tunda Tolibon jangarilarining Fayzobod va Talukan shaharlariga qilgan hujumini qaytargan. «Shahar chekkasida tashkil etilgan qarshi hujum paytida o‘nlab terrorchilar o‘ldirildi va yaralandi», - dedi matbuot markazi rahbari.
Unga ko‘ra, Talukan shahridagi to‘qnashuvlar paytida harbiylar toliblarning nufuzli a’zosini o‘ldirishgan. U bilan birga 11 terrorchi ham yo‘q qilindi.
Omonning ta’kidlashicha, Afg‘oniston Harbiy havo kuchlari 7 avgustga o‘tar kechasi Zaranj shahrida to‘plangan jangarilarga ham havo hujumi uyushtirgan.
Avvalroq Tolibon harakati Afg‘oniston prezidenti vakilining o‘limi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter