Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aholining istiqbolli tashabbuslari rag‘batlantiriladi

Aholining istiqbolli tashabbuslari rag‘batlantiriladi

Prezident «Islohotlarni amalga oshirishda istiqbolli tashabbuslarni yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF–113-sonli farmonni imzoladi.

Farmonga ko‘ra, quyidagilar aholining istiqbolli tashabbuslarini rag‘batlantirish chora-tadbirlarining asosiy maqsadlari etib belgilandi, jumladan:

  • samarali va xalqchil islohotlarni amalga oshirishda keng jamoatchilik va jamiyatning turli qatlamlari vakillarining ishtirokini qo‘llab-quvvatlash;
  • istiqbolli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida keng aholi qatlami uchun ochiq muloqot maydonini yaratish;
  • zamonaviy, ilg‘or g‘oyalar va istiqbolli tashabbuslarni saralash va tanlab olishning samarali mexanizmlarini joriy qilish.

2025-yildan har yili «Kelajak uchun» istiqbolli tashabbuslar forumi o‘tkazib boriladi.

Forum o‘tkaziladigan ustuvor yo‘nalishlar har yili «Kelajak uchun» istiqbolli tashabbuslar forumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tomonidan belgilab beriladi.

Manba: t.me

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring