Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Akademik Jores Alferov vafot etdi

Akademik Jores Alferov vafot etdi

Foto: «RIA Novosti»

Nobel mukofoti laureati, Akademik universitet akademigi va rektori Jores Alferov 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Jores Alferov 2000-yili fizika yo‘nalishida Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan. U ishlab chiqqan yarimo‘tkazgichlar geterotuzilmasi va tezkor mikroelektron komponentlar jahon ilm-fan jamoatchiligi tomonidan yuqori baholangandi.

Alferov 1991-yildan 2017-yilgacha Rossiya Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti bo‘lgan. 1995-yildan esa Davlat dumasi deputati sifatida faoliyat olib borgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring