Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident farmoni bilan akademiklarga EKIHning 12 baravari miqdorida oylik gonorar belgilandi

Prezident farmoni bilan akademiklarga EKIHning 12 baravari miqdorida oylik gonorar belgilandi

Foto: «President.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-dekabr kuni «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari hamda sobiq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zolari va muxbir a’zolari faoliyatini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni ham imzoladi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari hamda sobiq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zolari va muxbir a’zolarini yanada qo‘llab-quvvatlash va faoliyatini rag‘batlantirish, respublikaning akademik ilm-fani nufuzini oshirish maqsadida 2018-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari va sobiq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zolari uchun eng kam oylik ish haqining o‘n ikki barobari miqdorida, sobiq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining muxbir a’zolari uchun esa — eng kam oylik ish haqining sakkiz barobari miqdorida oylik gonorar to‘lanadi; akademiklarga va muxbir a’zolarga to‘lanadigan oylik gonorarlar jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan daromad solig‘isiz amalga oshiriladi.

Ushbu hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari faoliyatini yanada takomillashtirish va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–4907-son Farmonining 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi «Sobiq O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zolari va muxbir a’zolarini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–5146-son Farmonining 1-bandida ikkinchi va uchinchi xatboshilari chiqarib tashlandi.

Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S.Qosimov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari S.R.Xolmuradov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T.Mirzayev va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S.Yo‘ldoshev zimmasiga yuklandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring