Aksilkorrupsiya agentligi: Samarqandda qator mansabdorlarga ish ochildi

Mansabdor shaxslar eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan mablag‘larni o‘zlashtirib yuborganligi aniqlandi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Samarqand viloyatidagi tadbirkorlik sub’yektlarining eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ (sobiq Eksportni rag‘batlantirish agentligi) tomonidan ajratilgan moliyaviy yordam mablag‘larining maqsadli ishlatilishi holatini o‘rgandi.
Ma’lum bo‘lishicha, AJ tomonidan 5 ta, jumladan, “A.F” xususiy korxonasi, “Q.J”, “O.G”, “A.Sh" fermer xo‘jaliklari va “S.M.M” MChJiga konsalting xizmati uchun 9 ta sertifikat olishga 709.0 mln so‘m subsidiya ajratilgan.
Agentlik tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishda sertifikat olishga konsalting xizmati ko‘rsatuvchi V.M”, “D.Q.S” MChJlar, shuningdek, “O.M.S. XK yuqorida qayd etilgan fermer xo‘jaliklari va MChJga aslida ko‘rsatilmagan konsalting xizmatlari uchun soxta hujjatlar tayyorlab, “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi”ga taqdim etgan va jami 600 mln so‘m budjet mablag‘larini o‘z hisob raqamlariga o‘tkazishga erishganligi aniqlandi.
Qayd etilgan holatlar bo‘yicha ushbu konsalting xizmati ko‘rsatuvchilar, “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJning mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ayni paytda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter