Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Alan» konida yana bir quduq ishga tushirildi

«Alan» konida yana bir quduq ishga tushirildi

Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Alan» gazkondensat konidagi 206-sonli quduqda burg‘ulash ishlari tugatilib, 2949-2747 metr oralig‘iga filtr tushirildi.

Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, quduqni o‘zlashtirish ishlaridan so‘ng, kunlik 120 ming kub metr sanoat miqyosidagi tabiiy gaz va 2,8 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.

Hozirda ushbu quduq ustini jihozlash va gaz kollektoriga qo‘shish ishlari bajarilmoqda.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring