Andijon. O‘qituvchilarni ayovsiz kaltaklaganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Kecha, 7-oktyabr kuni Andijon shahridagi 50-maktabda pedagoglar kaltaklangani haqida xabar berilgandi. Natijada ikki nafar pedagog xodimga jiddiy tan jarohati yetkazilgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan kechaning o‘zida (08.10.2019-y.) fuqaro U.T. va uning 2 nafar sheriklariga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Xabarga qo‘shimcha qiladigan bo‘lsak, gumondorlar birinchi marta bezorlik qilishmagan ko‘rinadi. Negaki, Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan «ish» qo‘zg‘atiladi qachonki, bunday qilmish takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilganda!
Ayni paytda tergov harakatlari Andijon shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter