Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Angliya markaziy o‘yinda noqulay raqibini yengishga muvaffaq bo‘ldi

Angliya markaziy o‘yinda noqulay raqibini yengishga muvaffaq bo‘ldi

Yevro-2020 markaziy o‘yinlarining birida Angliya Xorvatiya terma jamoasini mag‘lub etdi.

Uchrashuv kichik 1: 0 hisobi bilan yakunlandi.

Birinchi bo‘limda tomoshabinlar gol ko‘rishmadi. Tanaffusdan o‘n ikki daqiqa o‘tib, Rahim Sterling inglizlarni oldinga olib chiqdi.

Keyingi o‘yinda Angliya Shotlandiyaga qarshi o‘ynaydi. Uchrashuv 18-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. 

Xorvatlar esa Chexiya bilan kurash olib boradi. Bu o‘yin ham 18-iyun sanasida o‘tkaziladi. 

Xorvatiya Angliya anchagina noqulay raqib sanaladi. Jumladan, JCh-2018 musobaqasida ham xorvatlar inglizlarni musobaqadan chiqarib yuborgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring