Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Angrenda «Nexia» ayol va uning uch yoshli farzandini urib yubordi

Angrenda «Nexia» ayol va uning uch yoshli farzandini urib yubordi

Toshkent viloyatining Angren shahrida mudhish yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari  bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.

19-may kuni Surxondaryo viloyati Angor tumanida yashovchi O‘.O. «Nexia» rusumli avtomashinasini haydab ketayotib, «Toshkent-O‘sh» yo‘lining 174-kilometrida yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalar – Angren shahrida yashagan (ayol) M.I. va uning uch yoshli o‘g‘li A.B.ni urib yuborgan.

Natijada M.I. va A.B. og‘ir jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring