Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Antistrumin»ni ishlab chiqargan korxona litsenziyaci vaqtincha to‘xtatildi

«Antistrumin»ni ishlab chiqargan korxona litsenziyaci vaqtincha to‘xtatildi

Foto: NOVA24

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi kiritgan iltimosnomani qanoatlantirgan sud «Samo» MChJ litsenziyasini vaqtincha to‘xtatib turish to‘g‘risida ajrim chiqardi.

Yuqoridagi korxona Namanganda bolalarning ommaviy zaharlanishi bilan bog‘liq voqeaga daxldorligi gumon qilingan «Antistrumin» dori vositasini ishlab chiqargan.

Sog‘liqni saqlash vazirligining Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tomonidan «Samo» MChJda farmatsevtik faoliyat bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilayotgandi.

«O‘rganishlarda korxona tomonidan qo‘pol qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlanib, 2023-yil dekabrida «Samo» MChJ litsenziyasini bekor qilish to‘g‘risida markaz tomonidan sudga da’vo arizasi kiritilgan edi.

Namanganda yuz bergan zaharlanish holati yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha surishtiruv-tergov harakatlari olib borilayotgani sababli mazkur iqtisodiy ish bilan bog‘liq sud, javobgarning iltimosnomasiga ko‘ra 2024-yil 19-yanvarda to‘xtatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring