Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Anvar Anvarov Brilliant ligada oltin medalni qo‘lga kiritdi

Anvar Anvarov Brilliant ligada oltin medalni qo‘lga kiritdi

Foto: Olympic.uz

Shveysariyaning Lozanna shahrida yengil atletika olamidagi nufuzli turnirlardan biri — Brilliant liga musobaqasining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, unda ishtirok etgan hamyurtimiz Anvar Anvarov (uzunlikka sakrash) oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Yurtdoshimiz musobaqada 7,84 metr bilan eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi. Ikkinchi o‘rindan mezbon sportchi Simon Exammer (7,72 metr) joy olgan bo‘lsa, yamaykalik 2019-yilgi jahon chempioni Tejey Geyl (7,71) bronza medali bilan taqdirlandi.

Shu tariqa, Anvar Anvarov, Safina Sadullayevadan keyin, Brilliant liga turnirlarida g‘alaba qozongan o‘zbekistonlik ikkinchi atletga aylandi.

Anvar Anvarov yaqinda Vengriyadagi nufuzli turnirda 8,05 metr natija bilan bronza medalni qo‘lga kiritgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring