AQSh aholisi ko‘proq nimadan qo‘rqadi? So‘rov natijalari
AQSh aholisining aksariyati yaqin orada Uchinchi jahon urushi boshlanishidan qo‘rqishi ma’lum bo‘ldi.
Aksariyat amerikaliklar yaqin besh-o‘n yil ichida yana bir jahon urushi sodir bo‘lishiga ishonishadi. Bu haqda The Hill nashri YouGov so‘roviga asoslanib xabar bermoqda.
Shunday qilib, Amerika Qo‘shma Shtatlari fuqarolarining 61 foizi yaqin besh-o‘n yil ichida jahon urushi boshlanishi «ehtimoli katta» yoki «ehtimoli bor» degan fikrni bildirdi. Yana 18 foizi bu haqida noaniq javob bildirgan.
Respondentlarning 21 foizi kelgusi yillarda global mojarolar «ehtimoli unchalik katta emas» yoki «mutlaqo yo‘q» deb hisoblaydi.
Avvalroq AQSh aholisining yarmidan ko‘pi AQShga noqonuniy immigratsiyani mamlakat uchun jiddiy tahdid deb hisoblashi ma’lum bo‘lgandi. Bu haqda Gallup kompaniyasi o‘tkazgan so‘rov natijalarida aytilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter