Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh transportda niqob taqish tartibini joriy etdi. Lekin...

AQSh transportda niqob taqish tartibini joriy etdi. Lekin...

Foto: «RIA»

AQSh hukumati transportda barchaga niqob taqish tartibini joriy qilmoqda, deyiladi ichki xavfsizlik idorasida.

«Transport xavfsizligi boshqarmasi TSA nazorat punktlarida hamda barcha tijorat va jamoat transporti tizimlarida niqob taqishni talab qiladi», — deyiladi xabarda.

Ushbu chora-tadbirlar prezident Jo Baydenning federal hukumat vakolatiga kiradigan barcha jamoat joylarida niqob taqishni talab qiladigan qarori ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

Aslida Amerika Qo‘shma Shtatlarida transport vositalarida deyarli hamma joyda niqob taqish talab etiladi. Shunga qaramay, federal hukumat odatda ish joylarida, do‘konlarda, maktablarda, ko‘chalarda va boshqa joylarda niqob taqish tartibini belgilaydigan mahalliy hokimiyat organlariga ta’sir o‘tkaza olmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring