Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh va Yevropa Ittifoqi savdo bitimiga kelishdi

AQSh va Yevropa Ittifoqi savdo bitimiga kelishdi

Foto: Euronews

Kecha, 27-iyul kuni AQSh prezidenti Donald Tramp va Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayenning Shotlandiyadagi uchrashuvida Qo‘shma Shtatlar va Yevropa Ittifoqi savdo bitimiga kelishdi.

Buning natijasida Yevropa Ittifoqi 1 avgustdan AQShning 30 foizlik bojlari qo‘llanilishidan qutulib qoladi, deb xabar berdi CNN. Kelishuv shartiga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi importining katta qismi, jumladan, avtomobillar uchun Amerika 15 foizlik bojlar qo‘llaydi.

Biroq YeI mamlakatlari bozorlariga AQSh mahsulotlari uchun hech qanday bojlarsiz kiritiladi. Va bu hammasi emas.

Savdo bitimi Yevroittifoqqa yana quyidagi majburiyatlarni yuklaydi:

  • AQShning 750 mlrd dollarlik energiyasini sotib olish;
  • AQSh iqtisodiyotiga 600 mlrd dollar investitsiya kiritish;
  • Katta miqdordagi Amerika harbiy texnikasini xarid qilish.

Bitimga kelishilgandan so‘ng, Tramp uni «barcha uchun foydali», AQSh va YeIni yaqinlashtiradi, dedi. Yevrokomissiya raisi esa savdo bitimi barqarorlik keltiradi, dedi...

Savdo bitimi 1-avgustdan kuchga kiradi. Uning qolgan jihatlari hali muhokama qilinmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring