AQSh va Isroil delegatsiyalari BMT kengashi sessiyasiga kelmadi

BMT Inson huquqlari kengashining oliy darajadagi sessiyasi ochilishida ilk marta AQShdan bironta vakil qatnashmadi.
Bugun, 24-fevral kuni Jeneva (Shveysariya)da BMT Inson huquqlari kengashining oliy darajadagi 58-sessiyasi ish boshladi. Biroq Kengashning majlislar zalida AQSh delegatsiyasi uchun ajratilgan joy bo‘sh qoldi. Qolaversa, Isroil delegatsiyasi ham kelmadi.
E’tiborli jihati, AQSh delegatsiyasining majlisdagi joyi — Rossiya va Falastin delegatsiyalari o‘rtasida.
Eslatib o‘tamiz, fevralning ilk haftasida AQSh va Isroil birin-ketin BMT Inson huquqlari kengashi a’zoligidan chiqib ketgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter