Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh yilning eng katta yong‘ini bilan kurashmoqda

AQSh yilning eng katta yong‘ini bilan kurashmoqda

Foto: Reuters

AQShdagi bu yilgi eng yirik yong‘in Oregon shtatida yuz berdi, deb xabar berdi NBC News telekanali.

Yong‘in maydoni 95 740 akr (38 ming gektar)dan oshgan. Agar yong‘in yanada kengaysa, 2025-yilda Qo‘shma Shtatlar hududida yuz bergan misli ko‘rilmagan ulkan yong‘inga aylanadi.

Yong‘inni o‘chirishga 900 dan ortiq o‘t o‘chiruvchi safarbar etilgan. Hozirgacha yong‘inning 49 foizi o‘rab olingan.

AQSh milliy idoralararo yong‘in markazi ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan buyon mamlakatda 40 934 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi — bu so‘nggi o‘n yillikdagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring