«Arab shayxlariga havas qilgan kuyov» jazoga tortildi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Arab shayxlariga havas qilgan kuyov» sarlavhasi ostida video tarqalgandi. Ichki ishlar vazirligi u jarimaga tortilganini ma’lum qildi.
IIVning yozishicha, 2000 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan fuqaro «I.A» o‘z tashabbusi bilan shaxsiy diniy qarashlaridan kelib chiqqan holda to‘yda kelinga noan’anaviy kiyimlar (burqa shaklidagi) kiydirib hamda diniy kuy-qo‘shiqlardan foydalanib, tadbirga diniy tus bergan.
Shu munosabat bilan, sud tomonidan fuqaro «I.A.»ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 184-2-moddasi (Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish) bilan bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter