Bag‘dodda portlash

Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 11 kishi yaralandi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.
Iroq huquq-tartibot idoralaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Bag‘dod shimolidagi parklarning birida bir xudkush o‘zini portlatib yuborgan. Yaralanganlar yaqin atrofdagi shifoxonalarga yotqizildi.
Voqea yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter