Bahromjon Gaziyev FEI Solidarity Group a’zosi etib tayinlandi
2025 yil 4–7 noyabr kunlari Gonkongda bo‘lib o‘tgan Xalqaro ot sporti federatsiyasi (FEI)ning yillik Bosh assambleyasida O‘zbekiston Yilqichilik va Ot Sporti Federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev Yevroosiyo Ot Sporti Assotsiatsiyasi) vitse-prezidenti hamda Osiyo Ot Sporti Federatsiyasi vitse-prezidenti, FEI Solidarity Group qo‘mitasi a’zosi etib tayinlandi.
Baxromjon Gaziyev Yevroosiyo Ot Sporti Assotsiatsiyasidan vakil sifatida tayinlanib, bu lavozimda Qirg‘iziston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Sadir Mamyitovni almashtirdi. Mazkur assambleyada FEI tarkibiga kiruvchi 134 ta mamlakat vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida O‘zbekiston tomonidan 2027 yilgi FEI Bosh assambleyasini Toshkent shahrida o‘tkazish bo‘yicha rasmiy ariza topshirildi. Xalqaro ekspertlarning fikriga ko‘ra, mamlakatning bu tashabbusi tasdiqlanish ehtimoli yuqori bo‘lib, bu O‘zbekistonning jahon ot sporti sohasidagi nufuzini yanada mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ladi.
Ma’lumot uchun: FEI Solidarity — Xalqaro ot sporti federatsiyasi tomonidan 2011–2012-yillarda «Olympic Solidarity» dasturi namunasi asosida yo‘lga qo‘yilgan rasmiy dasturdir. Bundan maqsad — FEI a’zo mamlakatlarida ot sportini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, xususan, kadrlar tayyorlash, infratuzilma va ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishdir.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter