Banklar va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta sotish hajmi keskin oshdi

Markaziy bank 2021-yilning birinchi yarmi uchun ichki valyuta bozori bo‘yicha qisqacha sharhni e’lon qildi.
Ichki valyuta bozorida xorijiy valyutadagi umumiy taklif hajmi 2021-yilning I yarim yilligida 9,8 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 barobarga o‘sdi (2020- yilda – 6,0 mlrd. AQSh doll., 2019-yilda - 5,1 mlrd. AQSh dollar).
Xususan, mazkur davrda:
- xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan 4,6 mlrd. AQSh dollari miqdoridagi chet el valyutalari sotilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 1,7 barobarga oshdi (2020-yilda – 2,7 mlrd. AQSh doll.);
- banklar va jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan chet el valyutalari miqdori 3,7 mlrd. AQSh dollarini (2020-yilda – 2,4 mlrd. AQSh doll.);
- Davlat markazlashgan resurslari hisobidan sotilgan chet el valyutalari miqdori 1,5 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi.

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter