«Barselona» 28-marta Ispaniya chempioni bo‘ldi

Ispaniya chempionatining 36-turida «Barselona» safarda «Espanol»ni mag‘lub etib, muddatidan avval mamlakat chempioni bo‘ldi.
G‘alaba keltirgan gollar Lamin Yamal va Fermin Lopes hisobiga yozildi.
Mazkur natijadan so‘ng «Barselona»ning ochkolari 85 taga yetdi va La Liganing 28 karra chempioniga aylandi. 2-o‘rindagi «Real» hisobida 78 ochko bor. Mavsum tugashiga 2 tur qoldi.
La Liga. 36-tur.
Espanol — Barselona 0:2
Gollar: Yamal (53), Lopes (90+5).
Espanol: Garsiya, Romero, Kabrera, Kumbulla, Al Hiloli, Gonsales, Losano (Milya, 61), Puado (Sheddira, 82), Espozito, Roka (Xofre, 68), Fernandes (Falero, 82).
Barselona: Shesni, Martin (Balde, 46), Kristensen (Fort, 77), Arauxo (Kubarsi, 51), Garsiya, Pedri, De Yong, Olmo (Gavi, 77), Rafinya, Levandovski (Lopes, 65), Yamal.
Ogohlantirishlar: Sheddira, 84, Kumbulla, 90.
Chetlatish: Kabrera 80 (Espanol).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter