«Basketbol maydonchasi qurish uchun ko‘p narsa kerakmi?» — Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha videoselektor o‘tkazmoqda. Davlat rahbari yig‘ilish davomida har bir mahallada ikkitadan sport o‘yingohi qurishga chaqirdi.
«Hozir zamonaviy texnologiyalar rivojlangan, eski g‘ildiraklarning rezinkasidan futbol maydoni uchun xom-ashyo olinmoqda. Umuman, bitta basketbol maydonchasi qurish uchun qancha narsa kerak? Tekis maydon, ikkita «shit» va bitta to‘p bo‘lsa bo‘lgani-ku!
Mana shunday maydonlardan ko‘proq qurish kerak. Har bitta mahallaga ikkitadan bo‘lsa, yoshlar sport bilan shug‘ullanadi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazadi», — dedi davlat rahbari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter