Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden Ukrainaga $675 millionlik harbiy yordam paketini ma’qulladi – Pentagon

Bayden Ukrainaga $675 millionlik harbiy yordam paketini ma’qulladi – Pentagon

AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainaga 675 million dollarlik harbiy yordam paketini tasdiqladi. Bu haqda ma’lum qildi.

«Bayden Ukrainaga 675 million dollarlik harbiy yordam paketini tasdiqladi», – deya ma’lum qilgan AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Pentagonning Twitter’dagi sahifasida.

AQSh Mudofaa vazirligi, shuningdek, Ukraina uchun yangi yordam paketiga kiritilgan narsalarning to‘liq ro‘yxatini taqdim etdi. 

Ro‘yxat Pentagonning veb-saytida mavjud bo‘lib, bunga quyidagilar kiradi:

  • HIMARS yuqori harakatlanuvchi artilleriya raketa tizimlari uchun qo‘shimcha o‘q-dorilar;
  • to‘rtta 105-mm gaubitsa va 36 mingta 105-mm artilleriya snaryadlari;
  • qo‘shimcha yuqori tezlikda HARM antiradar raketalari;
  • 100 ta HMMWV zirhli ko‘p funksiyali mashinalari;
  • o‘q otish qurollari uchun 1,5 million patron;
  • 5000 dan ortiq tankga qarshi tizimlar;
  • RAAM masofaviy minalashtirish uchun 1000 ta 155-mm snaryadlari;
  • granata va o‘q otish qurollari;
  • 50 ta zirhli tibbiy mashina;
  • tunda ko‘rish asboblari va boshqa dala jihozlari.

Eslatib o‘tamiz, ushbu paket 2021-yil avgustidan beri Bayden ma’muriyatining AQSh Mudofaa vazirigi zaxirasidan Ukrainaga ajratilgan 20-to‘plamdir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring