Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Beeline Uzbekistan mamlakat g‘arbida tarmoqni kuchaytirmoqda

Beeline Uzbekistan mamlakat g‘arbida tarmoqni kuchaytirmoqda

Beeline Uzbekistan digital-operatorining texnik mutaxassislari kompaniyaning G‘arbiy mintaqaviy filiali hududida 92 ta yangi baza stansiyalarini qurish ishlarini yakunladilar. Ulardan 59 tasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida, qolganlari esa Xorazm viloyatida joylashgan.

Barcha baza stansiyalari bir vaqtning o‘zida 2G, 3G va 4G texnologiyalarida ishlaydi. Bu esa murakkab rel’yef va katta masofalarga ega hududlarda aholi va biznes uchun barqaror ovozli aloqa hamda yuqori tezlikdagi mobil internetni ta’minlash imkonini beradi — aholi punktlarida ham, muhim transport yo‘llari bo‘ylab ham.

Xususan, Beruniy shahri va uning atrofida ilgari qurilganlarga qo‘shimcha ravishda 15 ta yangi baza stansiyasi ishga tushirildi. Qo‘ng‘irot va Nukusda 9 tadan, To‘rtko‘l va Xo‘jayli tumanlarida esa 6 tadan baza stansiyalari barpo etildi. Xorazm viloyatida esa tarmoq Urganch shahri va uning atrofida kuchaytirildi, Xiva va Shovot tumanlarida esa har bir klasterda 9 tadan yangi stansiya faoliyat ko‘rsatmoqda.

Yangi ob’yektlar ishga tushirilishi bilan bir qatorda tarmoq modernizatsiya qilindi: 1800 va 2600 MHz diapazonlarida 27 ta mavjud nuqtada sig‘im kengaytirildi, yana bir nechta baza stansiyalarida uskuna yangilash ishlari rejalashtirilgan. Bu tarmoqning o‘tkazuvchanligini oshiradi va yuklama oshgan paytlarda aloqaning barqarorligini ta’minlaydi. Beeline Uzbekistan tahlillariga ko‘ra, mamlakat g‘arbida foydalanuvchilar mobil internet iste’molini jadal sur’atda ko‘paytirmoqda.

«Xorazm viloyatida LTE-trafik 2020 yildan beri deyarli 15 barobarga, so‘nggi ikki yilda esa ikki barobardan ziyodga oshdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida bu ko‘rsatkich yanada yuqori: LTE tarmoqlarida video, fotosurat va boshqa ma’lumotlar besh yil avvalgiga nisbatan 23 barobar ko‘p uzatilmoqda. Mintaqaning o‘rtacha haftalik trafik hajmi esa 1,2 Ptb yoki 1,27 milliard MB’dan oshdi. Bu Beeline Uzbekistan tarmog‘idagi eng jadal o‘sish sur’atidir», — dedi G‘arbiy mintaqaviy filial direktori Aybek Uzakov.

Beeline Uzbekistan uchun mintaqalarda tarmoq rivojlanishi strategik ustuvor yo‘nalish bo‘lib qolmoqda. Kompaniya butun mamlakat bo‘ylab qamrovni kengaytirish, aloqa sifatini oshirish va butun mamlakat bo‘ylab raqamli xizmatlardan teng foydalanishni ta’minlash ustida ishlashda davom etadi.

Beeline Uzbekistan haqida
«Unitel» MChJ 2006 yilning 12-sentyabridan boshlab «Beeline Uzbekistan» savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Dubay shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi. 2024 va 2025 yillarda «Top Employer» maqomiga ega bo‘ldi.

VEON — 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarining provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ fond bozorida joylashtirilgan.

Beeline Uzbekistanda 2 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1.4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SBning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollarga yaqin soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz
Facebook: @beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: @beelineuzbekistan
Twitter: @beeline_uz
LinkedIn: @beeline-uzbekistan

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring